Malayziya islom sanʼati muzeyida oʻzbekistonlik ustalar mehnati mujassam

Malayziya islom sanʼati muzeyida oʻzbekistonlik ustalar mehnati mujassam

photo2025-02-0113-48-15.jpg

photo2025-02-0113-48-16.jpg

     Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Malayziya islom sanʻati muzeyida uchrashuv oʻtkazildi. Muzey rahbariyati bilan Oʻzbekistonning qadimiy va boy tarixi, ziyorat turizmi imkoniyatlarini targʻib qilish masalalari muhokama qilindi.

      Taʼkidlash kerakki, Malayziya islom sanʼati muzeyi qurilishida oʻzbekistonlik mohir hunarmand-ustalar ishtirok etgan. Bu yerga har yili butun dunyodan oʻrtacha 110 ming sayyoh tashrif buyuradi...