Xalqaro forum ishtirokchilari Samarqandda

Xalqaro forum ishtirokchilari Samarqandda

Shu yilning 9–10-iyul kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan «I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li» mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilari Samarqandga keldi.

Temiryo‘l vokzalida forum ishtirokchilarini viloyat hokimi Adiz Boboyev kutib oldi. Mehmonlar o‘zbek xalqiga xos mehmondo‘stlik va milliy an’analar asosida samimiy qarshi olindi.



Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan olimlar, ulamolar, davlat va jamoat arboblari ishtirok etadi.