O'zJOKU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida
O'zJOKU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
So‘ylasin Afrosiyob-u, so‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida bitta marjon, o‘zbegim.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi rektor, dr., prof. Sherzodxon Qudratxo‘ja boshchiligida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo'lishdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazidagi har bir burchak, har bir xona va har bir tarixiy buyum-ashyolar Universitet xodimlari va professor-o'qituvchilari juda katta taassurot qoldirdi.
"Birinchi Renessans", "Ikkinchi Renessans" va "Uchinchi Renessans" zallari har bir tashrif buyuruvchi ongi-shu'urida o'zgacha iz qoldiradi.
“Yoshlar va sport” bo‘limida so‘nggi yillarda o‘zbek sportchilarining xalqaro musobaqalar va Olimpiya o‘yinlarida erishgan yutuqlari, ularga Davlat Rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik aks etgan ekspozitsiyalar ham o'rin olgan.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” ekspozitsiyasi bilan ham tanishildi. Markaz binosining ikkinchi qavatida joylashgan “Yangi O‘zbekiston innovatsion kutubxonasi” zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida yuzlab kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.Kutubxonaning boy kitob jamg‘armasi, elektron resurslari, qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish uchun yaratilgan sharoitlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tashrif Universitet jamoasi uchun milliy meros, ilm-fan va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligini yanada chuqur anglashda muhim ahamiyat kasb etdi. Darhaqiqat, o'zbegim tarixi bitta oddiy marjon emas, balki Ko'hinur olmosi kabi ko'hna, betakror va beqiyos ekanligiga tashrif buyurgan har bir odam amin bo'ldi.














